17:30 / 11.06.2019
4 287

Ohangaronda “ajoyib” odat bor: u yerlarda kelin kuyovni sotib olar ekan...

Ohangaronda “ajoyib” odat bor: u yerlarda kelin kuyovni sotib olar ekan...
Xalq deputatlari Ohangaron shahar kengashi deputati Sh.Komilov «Kuyovni necha pulga sotib olsa bo‘ladi?» nomli maqolaga munosabat bildirdi. Maqola «Ohangaronda ajoyib odat bor — to‘yning ertasiga kelin tomon kuyovni sotib oladi», deb boshlanadi.

«Bu holat ayrim o‘zini kuyovjo‘ralar deb bilgan bir guruh zo‘ravon yigitlar tomonidan iymoni sust, qo‘rqoq va ojiz kuyovlargagina tegishli desa to‘g‘ri bo‘ladi. Ha, aynan, iymoni sust, tabiatan qo‘rqoq va ojiz kuyovning atrofidagi betarbiya, odob-axloqsiz va o‘zlaricha zo‘ravon bo‘lib yurgan bir guruh yigitlar, ya’ni do‘stlari tomonidan amalga oshirilayotganiga guvohi bo‘lganman.

Bir kuni «Majnuntol» to‘yxonasi yonida tursam, bir guruh yigitlar to‘yxona ichkarisidan qochib chiqyapti, ortidan esa ikki-uch ayollar quvib chiqmoqda. Hayron bo‘lib, voqea joyiga yaqinroq bordim. Borsam, bir onaxon: «bolalarim, iltimos, to‘yni buzmanglar», deb gapiryapti. Yigitlar esa bir yigitni qo‘lidan ushlab olib, olib ketmoqchi. Men nima gap deb onaxondan so‘radim.

Onaxon: «kuyov yigit mening nevaram, bu kuyovjo‘ralar kuyovni olib qochmoqda. Evaziga kelin tomondan pul talab qilar emish», deydi. Kuyovjo‘ralarning oldiga borib, voqeaga aralashdim. Kuyov yigit, yuvosh, oddiy, qo‘rqoqqina, 20-22 yoshdagi bola ekan. «Kuyovjo‘ra»lar orasida 25-30 yoshdagi bir ikkita barzangi bolalar ham bor.

Kattarog‘ini qo‘lidan ushlab olib, qani nima gap, desam, aka, siz aralashmang, bizda shunday urf-odat bor deydi. «E, kechirib qo‘yibsan, men Ohangaronda yigirma besh yildan beri yashayman. Qolaversa, ko‘p to‘ylarda kuyovjo‘ra bo‘lib, qolaversa, xizmatda aralashib yurganman, bunaqa voqea hech qachon bo‘lmagan», deb keskin gapirdim. Kuyovbolaning ota-onasiga bu «kuyovjo‘ra»lar bo‘lib yurgan yigitlar kuyov bolaning do‘stlarimi deb so‘rasam, ular biz tanimaymiz, deyishadi. Shunday qilib, ushbu salbiy voqeaning oldi olindi. Shundan so‘ng to‘y qilayotganlarga ushbu voqeani aytib, ogohlantirib yurdim», — deydi muallif.

Deputat ota-onalarga farzandlarining do‘stlari kim ekanligini yaxshilab tanib olish, tarbiyasiga e’tiborliroq bo‘lishni tavsiya qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaronda “ajoyib” odat bor: u yerlarda kelin kuyovni sotib olar ekan...