Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov «Daryo»ga bergan intervyusida majburiy maktab formasi 2019—2020 o‘quv yilida ixtiyoriy bo‘lib, bu haqda Hukumat tagishli qaror qabul qilishini ma’lum qildi.
«Formani juda ko‘p muhokoma qilsa bo‘ladi. Ijobiy tomonini ham, salbiy tomonini ham. Lekin, shoshilish kerak emas. Bizda ozgina shoshish bo‘layapti. Maktab formasi o‘tgan yili majburiy emas, ixtiyoriy bo‘ldi. Yangi o‘quv yilida majburiy qilsak, shoshilish bo‘lib qoladi», – deydi Sherzod Shermatov.
Vazirning gaplariga ko‘ra, 1-sinfdan 11-sinfgacha maktab formasini tikish juda katta hajmni tashkil qilib, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati bu vazifani uddalay olishiga ham savollar bor.
«Hozir biz Vazirlar mahkamasiga qo‘shimcha taklif tayyorlayapmiz. Chiqqan qarorga o‘zgartirish kiritish. Ota-onalar tashvishlanmasa bo‘ladi, yaqin orada qaror chiqadi. Yangi o‘quv yilidan maktab formasi majburiy bo‘lmaydi. Maktab formasi bosqichma-bosqich joriy qilinadi», – deydi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.
Bundan avval, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi o‘quv yilidan majburiy yagona maktab formasi joriy etilishi borasida fikr bildirib, maktablarda mavjud kamchiliklar joylarda og‘ir sharoit, ko‘plab maktablar ta’mirtalab, o‘quv darsliklarining yetishmasligi, kitoblar sifati juda past ekanligi, ayrim maktablarda darslar uch smenada o‘tilishini tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali ertaligi haqida fikr bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi