2 702
Deputat propiska muammosi haqida: “Bu masala shunday qolmaydi, oʻzgarish boʻladi. Uzoq kutmaysizlar”
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida OAV vakillari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Bu haqda agenlik matbuot xizmati xabar berdi.
Unda jurnalist Musulmonbek Ibrohimov propiska olish tartibi, fuqarolarga ikki xil narxda boj belgilangani, agar fuqaro doimiy propiskaga ega boʻlmasa, ikkilamchi bozorda turar joy sotib ololmasligi va bu holatlar Konstitutsiyaga qanchalik mos ekani haqida savol berdi.
«Shaxsiy fikrimni bildiradigan boʻlsam, bu notoʻgʻri, — dedi deputat Ibrohim Hojiyev. — Shaxsan oʻzimga va boshqa koʻp deputatlarga ham aynan shu masalada juda koʻp murojaatlar kelib tushadi. Sizni ishontirib aytaman, bu masala ham tartibga solinadi. Shu muammo yuzasidan ish olib borayotgan ishchi guruh tarkibida deputatlar ham bor. Bu masala shunday qolmaydi, oʻzgarish boʻladi. Albatta bu vaqt talab qiladi, lekin uzoq kutmaysizlar. Bosqichma-bosqich tartibga solinadi. Bu boʻyicha belgilangan topshiriqlar boʻlgan». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi