14:52 / 14.06.2019
3 496

Namanganda O‘zbekiston—Janubiy Koreya biznes forumi boshlandi (foto)

Namanganda O‘zbekiston—Janubiy Koreya biznes forumi boshlandi (foto)
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Namanganda O‘zbekiston—Janubiy Koreya biznes forumi boshlandi. Bu haqda «Namanganskaya pravda» xabar bermoqda.

Koreya—O‘zbekiston biznes markazi rahbari, Evergreen Motors kompaniyasi prezidenti Kim Sang Keon boshchiligidagi Janubiy Koreya ishbilarmonlari delegatsiyasi biznes forumda ishtirok etish uchun 13 iyun kuni Namanganga keldi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Delegatsiya vakillarini viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida Janubiy Koreya va Namangan ishbilarmonlik doiralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish masalalalari muhokama qilindi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Evergreen motors, Hyundai Industry, Seojeong University, Incheon EIZ, BLS, Himchan hospital, Seum Construction, Dongho Cosmo kabi 40 dan ortiq kompaniya va tashkilotlar vakillaridan iborat Janubiy Koreya delegatsiyasi hamda namanganlik tadbirkorlar ishtirokidagi biznes forum bugun, 14 iyun kuni o‘tkaziladi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Biznes forumda savdo, logistika, qurilish, ta’lim, AKT, tibbiyot, sanoat va investitsiyalar sohalarida faoliyat olib boruvchi koreyalik ishbilarmonlar uchun viloyatning investitsion salohiyati, amalga oshirilayotgan loyihalar haqidagi taqdimotlar o‘tkaziladi. Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan B2B va B2G shaklidagi muzokaralar tashkil etiladi.

Forum doirasida koreyalik ishbilarmonlar Chust textile, Art Soft Tex va Lyuks Plyus Servis korxonalariga tashrif buyurishadi. Namangan shahridagi «Orzu» kichik sanoat zonasi faoliyati, shuningdek, «Afsonalar vodiysi» tematik parki hamda To‘raqo‘rg‘on tumanida qurilayotgan «Hyundai Motor Uz Namangan» qo‘shma korxonasi qurilish jarayonlari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda O‘zbekiston—Janubiy Koreya biznes forumi boshlandi (foto)