15:36 / 14.06.2019
8 931

O‘zbekistonga olib kirilayotgan palma yog‘i zararlimi?

O‘zbekistonga olib kirilayotgan palma yog‘i zararlimi?
Foto: Google Images
So‘nggi yillarda palma yog‘ining inson sog‘lig‘i uchun zararli yoki zararli emasligi borasida juda ko‘p bahs munozaralar bo‘lmoqda. Aslidachi? U inson organizmi uchun qay darajada xavfli? Agar mahsulot zararli bo‘lsa, nega unda ishlab chiqaruvchilar palma yog‘idan foydalanmoqda?

Ma’lumot uchun Palma yog‘i ikki turga bo‘linadi. Qizil palma yog‘i hamda texnik palma yog‘i. Qizil palma yog‘i palma mevasidan olinadi. Foydali va shu bilan birga juda qimmat mahsulot. Ikkinchisi xom palma yog‘i. U meva danagidan olinadi. O‘ta arzon va zararli. Texnik palma yog‘i, asosan nooziq-ovqat mahsulotlar tarkibiga qo‘shiladi va undan oziq-ovqat mahsulotlari uchun ishlatish mumkin emas.


2017 yilning may oyida Yevropa oziq-ovqat standartlari va xavfsizligi tashkiloti oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda keng foydalanilayotgan palma yog‘i tarkibida kanserogen moddalar aniqlanganini ma’lum qildi. Bunda qandolat, xususan, shokolad tayyorlashda keng foydalanilayotgan palma yog‘i 200 darajadan yuqori issiqlikda qizdirilganda undan glitsidil moddasiga ega yog‘li efir kislotasi ajralib chiqqani kuzatilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, bu kislota genotoksik yoki kanserogen modda bo‘lib, saratonni keltirib chiqaradi va xastalikni avj oldiradi. Natijada bu yog‘ saraton xastaligi to‘qimalari ko‘payishiga va tananing boshqa yeriga ko‘chib o‘tishiga yordamlashadi. Ayniqsa, bunday moddalar organizmi nimjon bolalar salomatligi uchun juda xavfli. U yurak-qon tomir kasalliklari, diabet kasalligi hatto, erkaklarning bepushtligini ham keltirib chiqarishi mumkin ekan.

Foto: Google Images
Nega unda ishlab chiqaruvchilar palma yog‘idan foydalanadilar?
Masalan, Rossiyada palma yog‘i margarin, souslar, sut mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ushbu qo‘shimchalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti palma yog‘i iste’molini cheklash bo‘yicha maslahat bergan. Rivojlangan davlatlarda bu mahsulotdan foydalanish cheklangan. Shuningdek, O‘zbekistonda ham, amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlariga asosan bolalar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishida palma yog‘idan foydalanish taqiqlangan.

O‘zbekistonda palma yog‘ining import hajmi tobora oshib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi uch yilda mamlakatimizga o‘rtacha 50 ming tonnadan palma yog‘i olib kirilgan. Joriy yilning yanvar –may oylari davomida 31 ming tonnadan ortiq palma yog‘i import qilingan. Bu esa joriy yildagi palma yog‘i importi o‘tgan yillarga nisbatan keskin o‘sayotganligini ko‘rsatmoqda.

Oliy Majlis deputatlari «O‘zstandart» va Sog‘liqni saqlash vazirligiga O‘zbekistonga olib kirilayotgan palma yog‘ini tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha so‘rov yuborgan. Hozirda «Yuksalish» umummilliy harakati va «Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ham hamkorlikda palma yog‘ining inson salomatligiga ta’siri bo‘yicha qo‘shma tadqiqot o‘tkazmoqda.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga olib kirilayotgan palma yog‘i zararlimi?