11:09 / 17.06.2019
2 684

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabullar samara bermoqda

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabullar samara bermoqda
Bugungi kunda Toshkent viloyatida fuqarolarning yashash va mehnat qilish sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish masalalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Soliq idoralari tomonidan ham chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu ishlarning bajarilishi boshqarma boshlig‘i, 4-sektor rahbari tomonidan nazoratga olingan.

Aytish kerakki, o‘tgan davr mobaynida viloyatning tuman va shaharlarida jami 1320 ta sayyor qabul o‘tkazilgan bo‘lib, unda 218 ta kam ta’minlangan fuqarolarga jami 109 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi, 90 nafar bemorga salomatligini tiklash uchun shifoxonalar hamda 22 nafar imkoniyati cheklangan fuqaroga sog‘lomlashtirish sihatgohlariga yo‘llanmalar berildi.

Bundan tashqari, 76 nafar nogironligi mavjud shaxslarga nogironlik aravachalari, 12 ta zaif eshituvchilarga eshitish moslamalari topshirildi, 952 nafar hududdagi ishsiz fuqarolar esa doimiy ish bilan ta’minlandi.

Shuningdek, viloyatdagi 72 ta kam ta’minlangan yolg‘iz yashovchi fuqarolarning uylari to‘liq ta’mirlab berilgan bo‘lsa, 73 ta kam ta’minlangan va yosh oilalarning turar joy bilan ta’minlanganligi esa uyga muhtoj aholining mushkulini oson qildi. “Boshpanali” bo‘lishning o‘ziga yarasha baxti bor ekan, – deydi Ohangaron shahar "Yangilik" MFYda istiqomat qiluvchi Vasila Nurimbetova. – Shu paytgacha bitta xonadonda 3 ta oila istiqomat qilib kelardik. Yashash sharoitimiz ham shunga yarasha: ancha qiyin edi. Bugun 4-sektor rahbarining aralashuvi bilan uyli bo‘ldik.

Bizga ko‘rsatilgan bunday beg‘araz yordam uchun mutasaddilarga minnatdorlik bildiraman.
Ta’kidlash joizki, mazkur hududda istiqomat qiluvchi ayrim fuqarolarning yillar davomida o‘zlari yashab kelgan turar joylariga egalik huquqini tasdiqlovchi kadastr xujjatlari mavjud bo‘lmagan. Tashkil etilgan sayyor qabullar davomida aholini yillar davomida qiynab kelgan ushbu masalaga ham yechim topildi.

Hanuzgacha yashab turgan uyimda egalik huquqimni tasdiqlovchi kadastr xujjatlarim yo‘q edi, – deydi Nurafshon shahrida yashovchi Gavhar Xolmatova. – Sayyor qabul tashkil etilganda shu masalani mutasaddilarga aytdim, ko‘p o‘tmay qo‘limga uyga egalik qilish huquqini beruvchi xujjatni topshirishdi. Quvonchdan ko‘zlarimga yosh keldi. Yillar davomida hal etilmagan muammo o‘z yechimini topdi.

Ayni paytda qator muammolar hal bo‘layotganligiga qaramay, hali qiladigan ishlarimiz ko‘p, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Qurbonov. – Shu bois ommaviy sayyor qabullarni ko‘proq o‘tkazish va aholi bilan samimiy muloqot qilishni yo‘lga qo‘yganmiz. Maqsadimiz bitta — u ham bo‘lsa, aholi turmush farovonligini oshirish, odamlarni necha yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolarga yechim topishdir.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot
sho‘’basi boshlig‘i Zamira Qo‘ldosheva

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabullar samara bermoqda