12:14 / 17.06.2019
4 470

OTMlarga kirishda imtiyoz beriladigan toifalar maʼlum qilindi (roʻyxat)

OTMlarga kirishda imtiyoz beriladigan toifalar maʼlum qilindi (roʻyxat)
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali OTMlarga kirishda imtiyoz beriladigan toifalarni eslatib oʻtdi.

Unga koʻra, quyidagi abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozga ega:

-Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;
-xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari boʻlgan bitiruvchilar;
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
-“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari;
- “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi gʻoliblari;
- tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻoliblari;
- Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat boʻyicha respublika tanlovi gʻoliblari;
- “Nihol” mukofoti sovrindorlari;
- Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yoʻnalishlariga);
- toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar;
- Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtab, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar;
- chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar;
- harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tavsiyanomasiga ega boʻlganlar;
- ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OTMlarga kirishda imtiyoz beriladigan toifalar maʼlum qilindi (roʻyxat)