17:15 / 17.06.2019
3 065

Amerikalik eng yirik islomshunos olimlardan biri O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilmoqda

Amerikalik eng yirik islomshunos olimlardan biri O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilmoqda
AQShning eng yirik islomshunos olimlaridan biri Yosir Qozi boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda mamlkatimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatini amalga oshirmoqda.

Doktor Yosir Qozi sayohat jarayonida unga hamrohlik qilayotgan 93 nafar ziyoratchi bilan birgalikda Toshkent, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlariga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Sayohat davomida Yosir Qozi O‘zbekistonning qadimiy shaharlardagi tarixiy ob’ektlar, muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlar haqida guruh a’zolariga ma’lumotlar berib, yurtimizda yetishib chiqqan olimlarning Islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi haqida tushuntirishlar berib bormoqda. Amerikalik olim o‘z sayohati davomida turli qiziqarli ma’lumotlarni Facebook tarmog‘ida jonli efir orqali 900 mingdan ortiq kuzatuvchisi bilan bo‘lishmoqda.

Ayniqsa, Yosir Qozi Qur’oni Karim kitobining Toshkentda saqlanib kelinayotgan eng noyob nusxasi, VIII asrga oid Usmon Mushafini ko‘rishni uzoq yillar davomida orzu qilib kelgani, ushbu sayohat davomida mazkur muqaddas kitobni ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lganini alohida ta’kidladi. Mehmonlar kuni kecha qadimiy va tarixiy Xiva shahriga tashrif buyurdi va u yerni tomosha qilib, taassurotlari haqida o‘zining ko‘p sonli auditoriyasiga ega ijtimoiy tarmoqlarida postlar qoldirmoqda.

“Ko‘hna Xorazmdan dunyoga mashhur Al-Xorazmiy, Beruniy, Az-Zamahshariy singari ko‘plab buyuk allomalar yetishib chiqqan”, dedi ingliz tilida Yosir Qoziy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amerikalik eng yirik islomshunos olimlardan biri O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilmoqda