08:45 / 18.06.2019
3 106

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi keskin ortdi

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi keskin ortdi
O‘zbekiston MDX davlatlari orasida Rossiyadan yuboriladigan pul jo‘natmalari hajmiga ko‘ra yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi Spot.

Jismoniy shaxslar O‘zbekistonga 2019 yilning birinchi choragida 818 million dollar pul o‘tkazdi. Ulardan 340 million dollarini Rossiya fuqarolari yuborgan. O‘tgan yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 726 million dollarni tashkil etgan. O‘zbekiston, umuman olganda, Rossiyadan eng ko‘p pul yuboriladigan kam sonli mamlakatlardan biri bo‘ldi.

Masalan, Rossiyadan pul o‘tkazish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Tojikiston egallagan bo‘lib, 2019 yilda 462 million dollar o‘tkazilgan. 2018 yilda esa 487 million dollar o‘tkazilgan edi. Armanistonga pul o‘tkazish kamaygan. 2018 yilda 209 million dollar yuborilgan bo‘lsa, 2019 yilda 194 million dollar o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekistondan Rossiyaga pul o‘tkazish hajmi keskin kamaygan. O‘tgan yili 103 million dollar o‘tkazilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 75 million dollarni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi keskin ortdi