19:40 / 18.06.2019
3 554

Namangandagi gaz quyish shoxobchasida VAZ-21011 yonib ketdi (foto)

Namangandagi gaz quyish shoxobchasida VAZ-21011 yonib ketdi (foto)
Foto: Namangan viloyat FVV YoXB
Namangan shahridagi O‘rta Rovuston mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida VAZ-21011 rusumli mashina yonib ketdi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat FVV YoXB targ‘ibot guruhi ma’lum qildi.

Hodisa bugun, 18 iyun kuni soat 13.55 atrofida ro‘y bergan.

Foto: Namangan viloyat FVV YoXB
Haydovchi mashinasini gaz kolonkasida qoldirib, to‘lov uchun kassaga yo‘l olganida portlash sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida mashina kuzovi va saloni zararlangan, hujjatlar yonib ketgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lmagan.

Hozirda yong‘in sababi va aybdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangandagi gaz quyish shoxobchasida VAZ-21011 yonib ketdi (foto)