14:46 / 20.06.2019
3 705

Saida Mirziyoyeva: Prezidentning beshta tashabbusini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi organ tashkil etildi

Saida Mirziyoyeva: Prezidentning beshta tashabbusini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi organ tashkil etildi
Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta tashabbusi boʻyicha dasturni amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida Dasturlarni boshqarish ofisi (DBO) tashkil etildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.

«Uning asosiy maqsadi Implementatsiya strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Strategiyaning birinchi versiyasi tayyor, men uni jamoatchilik muhokamasiga taqdim etaman.

Maʼlumki, Prezidentimizning Beshta tashabbusi avvalo yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini koʻzlab ilgari surilgan. Bu ish hamjihatlikda qilinsagina samarali boʻlishiga ishonaman, zero, saʼy-harakatlarimizni birlashtirsak, yangi marralarga erishishimiz mumkin. Shuning uchun yoshlar va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh yetakchilar va umuman faol, oʻz yurtining taraqqiyotiga befarq boʻlmagan fuqarolarni Beshta tashabbusni roʻyobga chiqarishda ishtirok etishga chaqiraman.

Strategiyaning ishchi versiyasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. Oʻz takliflaringizni shu yerda, izohlarda qoldirishingiz yoki quyidagi pochta manziliga yoʻllashingiz mumkin: [email protected]», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva: Prezidentning beshta tashabbusini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi organ tashkil etildi