11:46 / 21.06.2019
4 789

Tanzila Norboyeva Senat raisi bo‘ldi

Tanzila Norboyeva Senat raisi bo‘ldi
Xotin-qizlar qo‘mitasining sobiq raisi Tanzila Kamalovna Norboyeva Senatning yangi raisi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda Senatning yalpi majlisi vaqtida ma’lum qilindi.

Kun.uz nashri xabar berishicha, prezident farmoni bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlangan Tanzila Norboyeva yig‘ilish davomida prezident tomonidan Senat raisi lavozimiga tavsiya qilingan, senatorlar uni rahbarlikka tasdiqlashgan.

U bu lavozimda 20 iyun kuni Bosh prokurorlikka o‘tgan Nig‘matulla Yo‘ldoshev o‘rnini egalladi.

Tanzila Norboyeva muqaddam Vazirlar Mahkamasida ishlagan, 2010-2016 yillarda O‘zbekiston Kasaba-uyushmalari federatsiyasiga raislik qilgan. U 2016 yilning dekabridan buyon O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston tarixida ilk marta Senatga ayol kishi rais bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanzila Norboyeva Senat raisi bo‘ldi