O‘zbekistonda elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish zarur. Bu sohaga xorijiy investorlarni jalb etish uchun narxlarni ko‘tarish kerak. Prezident Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisida qilgan ma’ruzasida shu kabi fikrlarni bildirdi, deb xabar qiladi Kun.uz nashri.
«Biz elektr energiyasi narxlarini liberallashtirishimiz zarur. Biz juda boy mamlakatmiz, ammo barcha imkoniyatlarimizdan to‘g‘ri foydalanmayapmiz. Ko‘plab investorlar energetika sohasiga mablag‘ kiritishni xohlamoqda, ammo ularni energiya narxi ham qiziqtirmoqda.
Biz narxlarni oshirmas ekanmiz, tadbirkorlar bu sohaga sarmoya kiritmaydi. Murakkab bo‘ladi. Bu ko‘plab sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa aholiga qiyin bo‘ladi. Lekin biz shunday choralarni ko‘rishga majburmiz», - deya ta’kidladi Prezident o‘z nutqida.
Eslatib o‘tamiz, tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari joriy yil 1 iyundan oshishi kerak edi. Biroq, kutilmaganda Moliya vazirligi narxlar oshirilmasligi haqida ma’lum qildi.
«Tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari oshadi, lekin 1 iyundan emas. Biz vaqtincha narxlarni oshirishni to‘xtatdik», - degan edi Moliya vaziri. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi