Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochilmoqda. Albatta bunday imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ayrim tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar orasida belgilangan qonun qoidani qo‘pol ravishda buzish xolatlari ham uchrab turibdi.
Gap shundaki, Majburiy ijro byurosining Termiz shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tekshirish tadbirlarida Termiz shahar “Do‘stlik” mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish korxonalarning birida elektr energiyasidan foydalanishda ta’minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan foydalanib kelganligi holati aniqlandi.
Natijada hususiy korxona tomonidan elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 2 mln. so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.
Huddi shuningdek, nazorat tadbirlari davomida Termiz shahar “Jayxun” mahallasida joylashgan hususiy korxonalardan birining huquqbuzarlik sodir etgani fosh etildi.
Mazkur hususiy korxona egasi elektr energiyasidan foydalanish tartiblarga zid ravishda elektr hisoblagich uskunasining ichki tizimiga o‘zgartirish kiritib, ya’ni o‘tkazgich (peremыchka) o‘rnatib elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi. Ushbu hususuiy korxona ham ta’minotchi korxonaga 2 mln. so‘mga yaqin zarar yetkazganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Majburiy ijro byurosining Termiz shahar bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi