10:37 / 26.06.2019
3 378

Sayyor qabulda Oqqo‘rg‘ondagi muammolarga yechim topildi

Sayyor qabulda Oqqo‘rg‘ondagi muammolarga yechim topildi
Toshkent viloyati 4-sektor rahbari – viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulning galdagi manzili Oqqo‘rg‘on tumani bo‘ldi.

Mazkur tadbirda viloyat 4-sektor ishchi guruhi a’zolari, Oqqo‘rg‘on tuman hokimi, prokrori hamda tuman xalq qabulxonasi mudiri kabi qator mutasaddi idora rahbarlari ishtirok etdilar.

Sayyor qabulda turli masalalarda qabul qilingan 20 ga yaqin murojaatlarning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlarni tezkorlik bilan qonun doirasida hal etish borasida tegishli idora va tashkilotlar mas’ullariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida nogironligi bo‘lgan 2 nafar fuqarolarga nogironlik aravachalari berilgan bo‘lsa, 2 nafar ijtimoiy ta’minotga muhtoj oila vakillariga tibbiyot muassalaridan bepul ko‘rikdan o‘tish va sog‘liklarini tiklashlari uchun 10 mln so‘mlik (order) yo‘llanmalar berildi.

Ko‘chamizda chiroq yo‘qligi ancha yillik muammo edi, bu nafaqat transport vositalarining harakatlanishiga balki, aholi uchun ham qator noqulayliklar tug‘dirardi –dedi, Suvtu MFY, Sug‘diyona ko‘chasi, 16-uyda yashovchi Maftuna Tursunaliyeva. Bugun 4-sektor rahbari tomonidan bu muammoning hal etilayotligi aholining og‘irini yengil qiladi.

Aytish kerakki, viloyat 4-sektor rahbari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda nafaqat soliq organlari faoliyati va vakolat doirasi bilan bog‘liq, balqi ijtimoiy-maishiy, sog‘liqni saqlash hamda boshqa masalalarda ham murojaatlar bo‘layotganini inoabatga olib, qabulda barcha idora va tashkilotlarning mas’ul rahbar va xodimlari ishtirok etishi ta’minlanmoqda.

Muxtasar aytganda, Xalq bilan yo‘lga qo‘yilayotgan ochiq muloqotlarning maqsadi - xalqqa yanada yaqinroq borish, muammolarni joyida hal etishdan iboratdir.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sayyor qabulda Oqqo‘rg‘ondagi muammolarga yechim topildi