15:30 / 26.06.2019
3 521

Qashqadaryo hokimi o‘z shaxsiy muammosini jamiyat muammosi darajasiga ko‘tarayotganlarni tanqid qildi

Qashqadaryo hokimi o‘z shaxsiy muammosini jamiyat muammosi darajasiga ko‘tarayotganlarni tanqid qildi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
25 iyun kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev viloyatdagi eng faol jurnalist, bloger va talabalar bilan muloqot o‘tkazdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Muloqot chog‘ida viloyat hokimi bugungi kunda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali omma e’tiboriga havola qilinayotgan muammolar o‘z vaqtida yechimini topayotganini ta’kidlab o‘tar ekan, bu borada jonbozlik ko‘rsatayotgan jurnalist va blogerlar ishini olqishladi. Ularga minnatdorchilik bildirdi.

Zafar Ro‘ziyev ijtimoiy tarmoqlar orqali haqiqiy muammoni olib chiqib, jamiyat rivoji uchun jon kuydirayotganlar orasida o‘z shaxsiy muammosini jamiyat muammosi darajasiga ko‘tarish, hayotidagi omadsizliklarda qaysidir mutasaddini aybdor qilib ko‘rsatish holatlari ko‘payganini tanqid qildi.

Shuningdek tadbirda jamiyatda uchrayotgan muammolar va ularning yechimi borasida mutasaddilar jurnalist va blogerlar savoliga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berishga tayyor ekanligi qo‘shimcha qilindi.

— Asosiy maqsad muammoni aytish bilan cheklanish emas, uning yechimi bilan ham qiziqishimiz kerak, — deydi viloyatda jurnalistlarning tanqidiy chiqishlariga o‘z vaqtida munosabat bildirib boruvchi 7 kishilik ishchi guruh raisi Lola Soadatova.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Tadbir davomida viloyat hokimi bilan muloqotga kirishgan 38 nafar jurnalist va blogerga hokimlik tomonidan planshet sovg‘a qilinib, faol jurnalist va blogerlarga Telegram kanalida ish boshlagan guruh orqali viloyatda yuz berayotgan voqea-hodisalarni birinchilardan bo‘lib xolis va haqqoniy tarzda o‘quvchilarga yetkazish taklifi o‘rtaga tashlandi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Dolli Allayevning qo‘shimcha qilishicha, jurnalist va blogerlar bilan bu kabi muloqotlar har oy o‘tkazib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo hokimi o‘z shaxsiy muammosini jamiyat muammosi darajasiga ko‘tarayotganlarni tanqid qildi