17:20 / 26.06.2019
2 631

O‘zbekistonda ilk bor mahkumlar Yoshlar ittifoqi a’zoligiga qabul qilindi

O‘zbekistonda ilk bor mahkumlar Yoshlar ittifoqi a’zoligiga qabul qilindi
Foto: Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 10-sonli jazoni ijro etish muassasasida bilib-bilmay, adashib yoki ehtiyotsizlik ortidan sodir etgan jinoyati uchun ayni chog‘da tarbiyalanayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan bir guruh mahkumlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zoligiga qabul qilindi. Bu haqda «Daryo» ma’lum qildi.

Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Koson tumanidagi 10-sonli jazoni ijro etish muassasasida mahkum yoshlar ishtirokida «Huquq va majburiyat» loyihasi tashkil etilgan. Tadbirda Yoshlar ittifoqi mas’ullari, ichki ishlar organlari faxriylar kengashi, yoshlar teatr studiyasi jamoasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

— Yoshlar ittifoqi a’zoligiga qabul qilingan mahkum yoshlar bilan bugundan ishni boshlab yubordik, — deydi Ittifoqning viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattorov. – Ular uchun fan va kasb-hunar to‘garaklari, sport va kitobxonlik tanlovlari hamda psixologik qabullar tashkil etiladi. Muassasada tashkil etilgan «Yoshlar ittifoqi kutubxonasi» har oyda badiiy va huquqiy adabiyotlar bilan boyitib boriladi.

Jazo muddatini o‘tayotgan yoshlarni O‘zbekistonga amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan dahldorlik ruhida tarbiyalash, Prezident tashabbusi bilan ilgari surilayotgan 5 muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida mahkum yoshlarga ularning ism-sharifi qo‘yilgan holda zabardast adiblar qalamiga mansub badiiy kitoblar taqdim etildi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha so‘ngida yoshlar teatr studiyasi tomonidan «Oqibat qo‘shig‘i» nomli sahna ko‘rinishi namoyish etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ilk bor mahkumlar Yoshlar ittifoqi a’zoligiga qabul qilindi