Kecha, 25 iyun kuni soat taxminan 12.00da Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
«Howo» rusumidagi yuk mashinasining 32 yoshli haydovchisi Talgat T. «Bunyodkor» ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va 6 ta avtomobil: «Matiz» (33 yoshli Erkinjon R. boshqaruvidagi), «Kobalt» (26 yoshli Ahliyor E.), «Lasetti» (61 yoshli Abdumannab A.), «Spark» (35 yoshli Jahongir T.), «Matiz» (29 yoshli Sherzod A.), «Matiz» (23 yoshli Shamsiddin A.) bilan to‘qnashuv sodir etgan. Hodisa oqibatida haydovchilar jarohatlanmagan.
Yo‘l bo‘yida ketayotgan 21 yoshli Sanobar T. avtomobillarning biridan uchib ketgan butlovchi qism zarbidan jarohat olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Voqeaning dastlabki sababi: yuk mashinasi haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan. YTHning aniq tafsilotlari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi