20:55 / 26.06.2019
2 640

Innovatsion rivojlanish vaziri: «Nufuzli ilmiy nashrlarda maqola chop etish – ilmiy yutuq emas, siyosiy masala»

Innovatsion rivojlanish vaziri: «Nufuzli ilmiy nashrlarda maqola chop etish – ilmiy yutuq emas, siyosiy masala»
Nima uchun o‘zbekistonlik yetuk olimlarning ilmiy maqolalari dunyoning taniqli jurnallarida kam chop etiladi? Scopus kabi ilmiy loyihalarda nima sababdan o‘zbek olimlarining ishtiroki darajasi past, ularning maqolalariga keltirilgan havola-iqtiboslar soni kam?

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 26 iyun kuni Xalqaro press-klub sessiyasida mazkur savollarga quyidagicha javob berdi.

«Chop etish – bu siyosiy masala. Bu – ilmiy yutuq emas. Eng zo‘r narsangizni ham chop eta olmaysiz. Masalan, shaxsan o‘zim qator jurnallarning tahrir hay’ati a’zosiman. Siyosiy masala deganimda nimani nazarda tutyapman, bu – juda katta konkurs. Har bir sohada olimlarning o‘z yo‘nalishi bor. Davlatlar ham bermaydi bu konkursni», – degan Abdurahmonovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Vazirning ta’kidlashicha, nufuzli xorijiy ilmiy nashrlarda maqola chop qilishning eng murakkab tomonlaridan biri – maqolaning talab etilgan darajadagi ingliz tilida yozilgan bo‘lishi kerakligidir.

«Biz texnik ingliz tilida yoza olmaymiz, maqolalarni jurnallar talabida bera olmaymiz.

Shuning uchun biz bitta katta loyihaga qo‘l urganmiz. Buni shu oy ichida e’lon qilamiz – Proofreading service.

Masalan, Xitoyga bordik – deyarli inglizcha gaplashishmaydi, bu tilda yoza olishmaydi. Lekin har o‘nta olimidan bittasining «Nature»da, «Science»da publikatsiyasi bor. So‘radik, qanday qilib? Sababi – ularda prufriding servislar bor.

Prufriding – maqolani tekshirib, o‘sha jurnalning talabiga moslab beradigan xizmat turi. Eng zo‘r maqolani, eng zo‘r tadqiqotni bersangiz ham, jurnalning talabiga tushmagandan keyin, qaytarib yuboraveradi.

Hammani ingliz tilida yozadigan qila olmaymiz, bu aniq. O‘zimizning tilda yozamiz va prufriding servislardan foydalanamiz. Olimlarimiz o‘zbek yoki rus tilida chiroyli qilib yozib bersa, bu xizmat haqini biz to‘lab beramiz. Qolaversa, inson faktori birdan yuqori bo‘lgan har bir maqolaga mukofotlardan e’lon qilmoqchimiz», – dedi Innovatsion rivojlanish vaziri.

Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qozog‘iston olimlari O‘zbekistondagi hamkasblariga qaraganda 1,5 barobar ko‘p maqola chop etmoqda. «Sababi – prufriding servislaridan allaqachon foydalanishyapti», – deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Innovatsion rivojlanish vaziri: «Nufuzli ilmiy nashrlarda maqola chop etish – ilmiy yutuq emas, siyosiy masala»