21:39 / 26.06.2019
4 297

Yog‘-moy sanoati korxonalari xususiy sektorga beriladimi?

Yog‘-moy sanoati korxonalari xususiy sektorga beriladimi?
O‘zbekistonda tashkil etilgan Yog‘-moy sanoat uyushmasi tarkibida 40dan ortiq korxonalar mavjud bo‘lib, ularning 23tasi davlat korxonalari hisoblanadi. Ayni paytda ushbu yog‘-moy ishlab chiqaruvchi korxonalarning 50 foizlik quvvat bilan ishlayotganligi va samarasizligi ma’lum qilindi. Bu haqda «Davlat aktivlarini boshqarish tizimini isloh qilish va xususiylashtirishning dolzarb masalalari» mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani doirasida axborot berildi.

Ta’kidlanishicha, davlat ishtirokidagi 23ta korxonaning hammasi «sariq sahifalar» qoidasiga muvofiq xususiylashtirilishi nazarda tutilgan.

«Sariq sahifalar» qoidasi nima?
«Sariq sahifalar» qoidasi ko‘ra, iqtisodiyotning ma’lum bir sohasida xususiy korxonalar soni 3tadan ortiq va raqobat kuchli bo‘lsa, o‘sha sohada davlat ishtirokidagi korxonalarni ochishga yo‘l qo‘yilmaydi. Rivojlangan davlatlar va qo‘shni Qozog‘istonda ham bu qoidaga amal qilinadi.

«Ushbu masala yuzasidanO‘zbekistonda to‘qimachilik sanoat sohasini misol tariqasida o‘rganish mumkin. Bugungi kunda bu sohada davlat ishtirokidagi korxonalar deyarli qolmagan», — deydi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departamenti boshlig‘i Baxtiyor Haydarov.

Tizimda kutilayotgan o‘zgarishlar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan «Davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlariga egalik qilish, ularni boshqarish va isloh etish strategiyasi»da ko‘zda tutilgan asosiy o‘zgarishlar haqida matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

«Hozirda qancha aksiya sotuvga chiqarilishidan qat’i nazar bitta lot bilan sotiladi. Natijada, aksiyani hammasini sotib olish, yoki umuman sotib olmaslikka to‘g‘ri keladi. Yangi «bir aksiya-bir lot» loyihasida esa, har bir aksiya uchun alohida lot ajratilishi ko‘zda tutilgan. Endilikda tadbirkor o‘z mablag‘iga qarab aksiyaning bir qismini sotib olishi mumkin bo‘ladi», —deya ta’kidlagan B.Hasanov.

Ma’lumot uchun, mas’uliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli aksionerlik jamiyati bo‘lib, odatda ko‘proq foyda olish maqsadida moddiy, mehnat va pul resurslarini birlashtirgan uyushma hisoblanadi.

Odatda, aksionerlik jamiyatlari ochiq va yopiq turda bo‘ladi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida aksiyalarni erkin sotib olish va sotish mumkin. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatida esa aksiyalar bir necha kishilar (korxonalar) ga tegishli bo‘lib, bozorda erkin sotib olinishi mumkin emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yog‘-moy sanoati korxonalari xususiy sektorga beriladimi?