09:06 / 28.06.2019
2 955

O‘zbekistonda olti yil ichida 4 mingga yaqin ko‘p qavatli uylar quriladi

O‘zbekistonda olti yil ichida 4 mingga yaqin ko‘p qavatli uylar quriladi
Foto: Sputnik
2020—2025 yillarda kompleks uy-joylarni qurish bo‘yicha dastur loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3993 ta ko‘p qavatli uy-joylarni qurish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Qurilish vazirining o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov ma’lumotiga tayanib Sputnik xabar qiladi.

«Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlarida 16 qavatli, ko‘p kvartirali 468 ta uy, Nukus shahrida va viloyat markazlarida 12 qavatli 504 ta uy-joy qurilishi va tuman markazlarida 3021 ta to‘rt qavatli va undan yuqori uylarni qurish rejalashtirilgan», — dedi vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, Hoshimovga ko‘ra, bugungi kunda «Toshkent-Siti» namunasida «Olmazor-Siti», «Yunusobod-biznes Siti», «Mirzo-Ulug‘bek-biznes Siti»lar, viloyatlarda ham shunday ob’ektlarni qurish, ya’ni «Nukus-Siti», «Andijon-Siti», «Buxoro-Siti», «Qarshi-Siti», «Namangan-Siti» va «Samarqand-Siti»larni barpo etish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda olti yil ichida 4 mingga yaqin ko‘p qavatli uylar quriladi