06:35 / 29.06.2019
3 253

Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 iyun kuni «Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu yerda fuqarolik (ishbilarmonlik) aviatsiyasi tashkil etish bo‘yicha 2017 yil 30 iyunda Prezident qarori qabul qilingan edi. Davlatimiz rahbari o‘tgan yili bu yerga kelib, mazkur aerodromni qayta qurish bo‘yicha loyiha takliflari bilan tanishgan edi.

Bugungi kunda aeroportda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. 4 kilometr uzunlikdagi ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagi, samolyotlar to‘xtab turishi uchun angar va perron, yuqori darajadagi delegatsiyalar, ishbilarmon doiralar vakillari va soatiga ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi terminallar bunyod etilishi rejalashtirilgan.

Prezident bu aeroport nafaqat bugun, balki kelajak uchun barpo etilayotgani, shu bois uni uzoqni o‘ylab, sifatli va xavfsiz qilib qurish zarurligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev «Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida qurilayotgan aeroportni ko‘zdan kechirdi