12:26 / 29.06.2019
3 699

Tashqi ishlar vazirligi Koreyaga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Tashqi ishlar vazirligi Koreyaga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Koreya Respublikasiga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, Koreya Respublikasining Karantin hamda hayvon va o‘simliklar inspeksiyasi agentligi mamlakatda Afrika cho‘chqa grippi va parranda grippi tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar doirasida joriy yilning 1 iyunidan boshlab quyidagi go‘sht mahsulotlarini mamlakatga olib kirishni taqiqlaydi:

- go‘sht va go‘sht mahsulotlari: mol, cho‘chqa va tovuq go‘shtlari, vetchina, sosiska/kolbasa, quritilgan go‘sht, pishirilgan go‘sht, konservalar va hokazo;
- hayvon mahsulotlari: bug‘u shoxlari, suyaklar, patlar va hokazo;
- sut mahsulotlari: sut, pishloq, yog‘ va hokazo;
- tuxum va tuxum mahsulotlari: tovuq va qush tuxumlari, tuxum oqi, tuxum kukuni va hokazo;
- uy hayvonlari uchun ozuqa, yegulik, oziq-ovqat qo‘shimchalari va hokazo.

Yuqorida qayd etilgan go‘sht mahsulotlarini Koreya Respublikasiga qonunga xilof tarzda olib kirishga harakat qilish 5 mln Koreya voni (1 dollar = 1155,57 von) miqdoridagi jarima solinishiga asos bo‘ladi.

Jarimani to‘lamaslik mamlakatga 5 yil muddat ichida qayta kirishga taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tashqi ishlar vazirligi Koreyaga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi