17:00 / 30.06.2019
2 804

Germaniyaning yetakchi OAV vakillari O‘zbekistonga keladi

Germaniyaning yetakchi OAV vakillari O‘zbekistonga keladi
Foto: Facebook / Aziz Abduhakimov
Germaniyaning qator yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari O‘zbekistonning turistik salohiyati haqida ma’lumot to‘plash va o‘z platformalarida bo‘lishish uchun mamlakatga tashrif buyurmoqda. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Tashrifdan maqsad - Germaniyadan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimini oshirish.

O‘zbekistonga tashrif davomida germaniyalik jurnalistlar 1-8 iyul kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida bo‘lib, bu yerlarning diqqatga sazovor maskanlari haqida materiallar to‘playdi. Tashrif yakunlariga ko‘ra, har bir jurnalist O‘zbekistonning turistik jozibadorligi haqida maqola va materiallar tayyorlab, Germaniya nashrlarida taqdim etadi.

Quyida jurnalistlari O‘zbekistonga kelishi kutilayotgan Germaniya nashrlari ro‘yxati va ular haqida qisqacha ma’lumotlar keltiriladi:

1. «Augsburger Allgemeine Zeitung» gazetasi - kundalik nashr, adadi - 1 200 000 ta.
2. «Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung» gazetasi - har shanba kuni nashrdan chiqadi, adadi - 450 000 ta.
3. «Hamburger Abendblatt» gazetasi va «Funke Mediengruppe» jurnali - kundalik nashrlar, adadi - 750 000 ta.
4. «Frankfurter Allgemeine Zeitung» gazetasi - kundalik nashr, adadi - 450 000 ta.
5. «TV Horen & Sehen» va «Happinez» jurnali - haftalik nashr, adadi - 1 200 000 ta.
6. «RND Redaktions Netzwerk Deutschland GmbH» gazetasi - kundalik nashr, adadi - 2 400 000 ta.
7. «Die Welt» gazetasi - haftalik nashr, adadi - 390 000 ta.
8. «Die Zeit» gazetasi - haftalik nashr, adadi - 490 000 ta.
9. «Sueddeutsche Zeitung» gazetasi - kundalik nashr, adadi - 550 000 ta.
10. «Berliner Zeitung» gazetasi - kundalik nashr, adadi - 240 000 ta.
11. «Abenteuer & Reisen Magazin» jurnali - yilda 10 marta nashr etiladi, adadi - 120 000 ta.
12. «Globetrotter Magazin» jurnali - har chorakda bir marta nashr qilinadi, adadi - 80 000 ta.
13. «Freundin» jurnali - har 2 haftada chop etiladi, adadi - 350 000 ta.
14. «Reisereporter», «Travelbook», «Bild Online» onlayn resurslari - onlayn-tomosha.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Germaniyaning yetakchi OAV vakillari O‘zbekistonga keladi