Toshkent shahar hokimligida OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etdi.
Tadbir davomida hokimdan Toshkent shahri byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosi bo‘yicha ma’lumot berish so‘raldi. Xususan, prezidentning 5515-son farmonida byudjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi 10 foizini shahar aholisi bilan maslahatlashgan holda xarajat qilish topshirig‘i berilgan.
«Albatta, bu 10 foiz to‘g‘risida biz OAVga xabar berishimiz kerak va u saytimiz orqali chiqishi kerak. Hokim sifatida 1 yil-u 2 oydan beri ishlayapman. Tushunmayotgan narsalarim haligacha bor. Respublika byudjetining 25 foizi Toshkent shahar hokimligi tomonidan yig‘iladi. Ya’ni, respublika byudjeti to‘rtdan bir qismi faqat Toshkentdan yig‘iladi. Men hokim bo‘lib tushunmagan narsam: respublikada dastur tayyorlanadi, hokimlikni respublika byudjetini beradigan bir korxona deb bilaylik, ana shu korxona rahbari dasturga kirgan pulni olish uchun pul beruvchining eshigi tagiga borib yalinishi kerak. Bu qanday mantiqqa to‘g‘ri kelishini tushunmayapman.
Mening o‘zim biznesdan chiqqanman. Ko‘p fabrikalarimiz bo‘lardi, ertalab ishni kattaroq daromad beruvchi fabrikadan boshlardim. Qanday yordam kerakligi bilan qiziqardim. Bu yerda ham pul berarkansan, ham dasturga kirgan pulingni oltidan birini olish uchun ertalabdan kechgacha sarg‘ayib o‘tirish kerak ekan. Men bu qanday mantiqqa to‘g‘ri kelishini haligacha tushunib yetganim yo‘q. Biz 20 trln so‘m berib, atigi 3,5 trln so‘mini qaytarib olamiz. Shuni vaqtida olishimiz uchun ham ertalabdan kechgacha sarg‘ayib o‘tirishimiz kerak. 10 foiz masalasi bo‘yicha hali yoritamiz», - dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!