10:34 / 01.07.2019
2 954

O‘zbekistonda qozoq benzini paydo bo‘ladimi? – “O‘zbekneftgaz” javobi

O‘zbekistonda qozoq benzini paydo bo‘ladimi? – “O‘zbekneftgaz” javobi
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Bahodir Siddiqov mamlakatga benzin, jumladan, Qozog‘istondan import qilinishi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Uning so‘zlarniga ko‘ra, o‘zbek bozori bugungi kunda barcha sheriklari uchun ochiq, lekin shaxsiy manfaatlar ham inobatga olinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston nashri.

Jurnalistlarning “mamlakatda benzin bilan bog‘liq vaziyat qanday va nima sababdan O‘zbekiston yoqilg‘ini Rossiya yoki Qozog‘istondan sotib olishga majbur bo‘lmoqda”, degan savollariga javob berayotib, asosiy maqsad – odamlarga tanlash imkoniyatini yaratib, mahalliy bozorni yetarli darajada sifatli yoqilg‘i bilan ta’minlash ekanini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, umuman olganda O‘zbekiston sheriklari uchun neft mahsulotlari bozorini ochish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Mamlakatda allaqachon yuqori sifatli yoqilg‘i yetkazib berayotgan “Lukoyl”ning shoxobchasi faoliyat yuritadi, kelajakda "Tatneft” kompaniyasining shoxobchalari faoliyat yuritishni boshlaydi.

“Shuningdek, Qozog‘iston va Xitoy avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalarimiz bor. Qozog‘istondan benzin sotib olish haqidagi xabarlar ilgari erishilgan kelishuvlar natijasi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga neftni import qilib, uni u yerda qayta ishlab, xususiy mahsulot olish ustuvor vazifalarimizdan sanaladi. Agar qozoq benzini bizda mavjud bo‘lgan narxlar bilan raqobatlasha olsa, bu yerda hech qanday muammo bo‘lmaydi”, - deya izoh berdi Siddiqov.

U so‘nggi ikki yil ichida mamlakat benzin bozorida vaziyat ancha yaxshilangani va hozirda AYoQShda navbatlar amalda yo‘qolgani va yoqilg‘i taqchilligi yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

Qozog‘iston iyul oyidan YeOII, xususan, Qirg‘iziston va Belarusga benzin import qilishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, Tojikiston va O‘zbekiston bilan muzokaralar olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qozoq benzini paydo bo‘ladimi? – “O‘zbekneftgaz” javobi