12:50 / 03.07.2019
3 438

Samarqandda Lacetti Nexia bilan toʻqnashib, piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan ayolni urib yubordi

Samarqandda Lacetti Nexia bilan toʻqnashib, piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan ayolni urib yubordi
Foto: Zarnews
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Registon koʻchasida Lacetti va Nexia rusumli avtomashinalar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar tarqalgandi. Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati ushbu hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi fuqaroga tegishli boʻlgan Lacetti Samarqand tumani, Chumchuqli qishlogʻida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Nexia avtomashinasiga urilgan. Shuningdek, piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan ayolni ham urib yuborgan.

Ushbu yoʻl transport hodisasi natijasida Nexia ichidagi yoʻlovchi va piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan fuqaro jiddiy tan jarohati olgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand boʻlimida hodisadan jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Ayni paytda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda Lacetti Nexia bilan toʻqnashib, piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan ayolni urib yubordi