08:00 / 04.07.2019
3 118

Endi ayrim davlat xizmatlari qo‘shimcha haq evaziga qisqaroq muddatda ko‘rsatiladi

Endi ayrim davlat xizmatlari qo‘shimcha haq evaziga qisqaroq muddatda ko‘rsatiladi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar davlat xizmatlarini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar davlat xizmatlari markazlari orqali yoki bevosita xizmat ko‘rsatuvchi organlarga murojaat etganda to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanishini nazarda tutadi.

Shuningdek, Hukumatning litseziya berish, ruxsatnoma berish va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soladigan hujjatlariga davlat xizmatlarini tezlashtirilgan shaklda ko‘rsatishga oid qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, davlat xizmatlari (litsenziya berish, ruxsatnoma berish va boshqalar) umumiy belgilangan muddatdan qisqaroq muddatda qo‘shimcha haq to‘lash evaziga ko‘rsatilishi mumkin.

Masalan, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash uchun arizalarni umumiy tartibda ko‘rib chiqish muddati 15 kundan ko‘p bo‘lmaydi va eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Aynan mazkur faoliyat uchun arizalarni tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish muddati esa 5 kundan ko‘p bo‘lmaydi hamda eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridagi to‘lovga yana shuncha miqdorda qo‘shimcha to‘lov undiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi ayrim davlat xizmatlari qo‘shimcha haq evaziga qisqaroq muddatda ko‘rsatiladi