08:43 / 04.07.2019
2 716

Haj va Umraga boradigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi o‘zgardi

Haj va Umraga boradigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi o‘zgardi
“Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, Haj va Umra tadbirlariga boradigan fuqarolar tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarida, murakkab va ziddiyatli holatlarda markaziy poliklinikalardan birida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Qayd etish joizki, ilgari tibbiy ko‘rikning barcha bosqichlari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek Toshkent shahrida markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haj va Umraga boradigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi o‘zgardi