21:35 / 04.07.2019
5 498

Miloddan avvalgi I-II asrga taalluqli qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi

Miloddan avvalgi I-II asrga taalluqli qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi
Bojxona xodimlari madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan qadimiy tangalarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yishdi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro M.Sh. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxs deklaratsiyalamasdan va bojxona xodimiga ma’lum qilinmagan 8 dona qadimiy tangalarni olib o‘tayotganligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosalariga asosan, ashyoviy dalil sifatida olingan 2 dona tanga miloddan avvalgi I-II asrlarda buyuk Evkratid I davrida Yunon-Baqtriya podsholigi davrida, 2 dona tanga Milodiy I-II asrlarda Kushon podsholigi davrida va yana 2 donasi 70-80 yil muqaddam AQShda zarb qilingani hamda 2 dona tanga arab yozuvlari bitilgan XIX asrga oid ekanligi ma’lum bo‘lib, ularning umumiy qiymati 63,5 million so‘mni tashkil qildi.

Yuqorida ashyoviy dalil sifatida olingan tangalar Surxondaryo viloyati Arxeologiya muzeyiga topshirildi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Miloddan avvalgi I-II asrga taalluqli qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi