3 185
O‘zbekiston hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibiga qo‘shimchalar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik xabarida aytiladi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxs – norezident tomonidan tashqi savdo shartnomasi bo‘yicha debitor qarzdorliklarni so‘ndirish uchun ham naqd xorijiy valyutani qabul qilish mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani quyidagi holatlarda qabul qilish mumkin:
- konsullik xizmatlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3451-son «Xorijiy davlatlarda ko‘rgazma tadbirlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda sotilgan tovarlar;
- boj to‘lamasdan savdo qiladigan do‘konlardagi hisob-kitoblar bilan, shuningdek xalqaro tashishlar paytida transport vositalarining borish yo‘lida yo‘lovchilarga tovarlar va xizmatlar sotilganda hisob-kitoblar bilan bog‘liq operatsiyalar;
- kreditlar bo‘yicha muddatli va kechiktirilgan qarzlarni hamda ular bo‘yicha chet el valyutasidagi foizlarni so‘ndirish;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav sarmoyasiga) badalni to‘lash;
- tijorat banklarida omonatlarga pul mablag‘larini kiritish;
- xayriya maqsadlarida amalga oshiriladigan pul mablag‘larini kiritishda;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha qarzlarni so‘ndirishda;
- norezident xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Ko‘rsatilgan to‘lovlar naqd xorijiy valyutada, shuningdek plastik to‘lov va kredit kartochkalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi
Shavkat Mirziyoyev Ko‘rfaz davlatlari tashkiloti bosh kotibini qabul qildi