13:30 / 06.07.2019
3 366

Oʻzbekiston aholisi uch oyda bankomatlar orqali necha million dollar konvertatsiya qildi?

Oʻzbekiston aholisi uch oyda bankomatlar orqali necha million dollar konvertatsiya qildi?
Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YAUPM) tomonidan taqdim etilgan statistik maʼlumotlarga binoan, 2019-yil II chorakda chet el valyutasining (USD bankomatlar orqali konvertatsiyasi boʻyicha yetakchi banklar nomi aniqlandi.

2019-yil 2-chorak natijalariga koʻra, bankomatlar orqali konvertatsiya qilingan jami pul miqdori 4 527 450 AQSH dollarini tashkil etdi. Ushbu koʻrsatkich 2019-yil 1-chorakda qayd etilgan 2 406 580 AQSH dollariga nisbatan 88,1%ga yuqori koʻrsatkichni namoyon etmoqda.

Taʼkidlash joizki, Diebold Nixdorf Cineo, GRG va NCR rusumidagi bankomatlar 24/7 tartibida (online) xizmat koʻrsatib, “AQSH dollari va yevro chet el valyutasini konvertatsiyalash” hamda “Naqd pul bilan plastik kartalarni toʻldirish” funksilyalarini amalga oshiradi.

Koʻrsatkichlarni taqqoslash natijasida, 2019-yil II chorakda chet el valyutasining (USD) bankomatlar orqali konvertatsiyasi boʻyicha beshta yetakchi banklar nomi aniqlandi:

1. Qishloq qurilish bank – 783 860,00 (USD)
2. Orient Finans Bank – 748 900,00 (USD)
3. Asia Alliance Bank – 547 240,00 (USD)
4. Agro Bank – 518 890,00 (USD)
5. Xalq Banki – 412 150,00 (USD)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston aholisi uch oyda bankomatlar orqali necha million dollar konvertatsiya qildi?