16:23 / 09.07.2019
3 190

Aziza Umarova: «Aviakompaniya monopoliyasi tufayli aholining 95 foizi hayoti davomida dengizni ko‘rmay o‘tadi»

Aziza Umarova: «Aviakompaniya monopoliyasi tufayli aholining 95 foizi hayoti davomida dengizni ko‘rmay o‘tadi»
Taniqli ekspert Aziza Umarova «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi faoliyatini tanqid ostiga oldi. U bu haqdagi postini Facebook’dagi sahifasida e’lon qildi.

«Turkiyada juda ko‘pchilik hordiq chiqaradi. Novokuznetsk ishchilaridan tortib, Chita-Chimkent-Cherkassdan bo‘lgan o‘rta darajadagi biznes egalarigacha. Men atayin poytaxtlar nomini aytmayapman va eksklyuzivlar haqida gapirmayapman. Antaliyadagi aksariyat dam olish maskanlari oddiy shaharlardan kelgan o‘rtacha statistik kishilar bilan to‘la, ular yiliga bir marta bolalarini sohilbo‘yi va all inclusive furshetlariga bemalol olib boradi.

Lekin bizda hammasi boshqacha. Oddiy fuqarolarda ta’tilda chet elga chiqish imkoni yo‘q, sababi aviatashuvchi monopolist O‘zbekistonga raqobat kirishiga yo‘l bermayapti. Bizda charter reyslar, loukosterlar va muqobil mahalliy aviakompaniyalar yo‘q. (Istayotganlar esa ko‘p). Buning o‘rniga, har yili yozgi mavsumda «Havo yo‘llari» o‘zining Antaliyaga standart reysini «charter» deb ataydi hamda unga chiptalarni Istanbulga oddiy reys narxida sotadi, bronlash har doim muayyan sayyohlik firmasi orqali o‘tadi. Tanish-a?

Hammasi ham mayli, lekin «Havo yo‘llari»dan «charter» - bu tushunchalarni ochiqchasiga almashtirishdir. Chimkent, Moskva, Chelyabinskda «Havo yo‘llari»dan «charter» puliga ($650+) siz nafaqat dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charterga chipta, balki bir haftalik all inclusive yo‘llanmasiga ham ega bo‘lasiz... Charter chiptasi odatda 150-200 dollar turadi. Juda ham arzon. Shuning uchun Turkiyada dam olish - Rossiya, Qozog‘iston, Ukrainadagi eng ommabop va hamyonbop yo‘nalish, ammo bizda - hashamat. O‘tmishda O‘zbekiston sayyohlik firmalari o‘zlari charterni yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqishgan, biroq doimo rad javobi olishgan. Faqat «Havo yo‘llari» uchadi.

Men Andijon, Buxoro, Nukus, Qo‘qondan bolalarni Turkiyadagi siyqasi chiqqan 3 yulduzli mehmonxonaga olib borish bizning odamlar uchun erishib bo‘lmas orzu bo‘lib qolayotganidan afsusdaman... Aholining 95 foizi hayoti davomida dengizni ko‘rmay o‘tadi. Shunchaki, kimdir o‘z cho‘ntagi uchun ishlashdan to‘xtay olmasligi va sog‘lom raqobat muhitiga ega to‘g‘ri aviatsiya bozorini qura olmayotgani uchun.

Yodda tuting, davlat monopoliyasi har doim yomon, hamyonimizga qo‘l suqadi va bizni kambag‘alroq qiladi», - deb yozadi Aziza Umarova.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aziza Umarova: «Aviakompaniya monopoliyasi tufayli aholining 95 foizi hayoti davomida dengizni ko‘rmay o‘tadi»