10:53 / 10.07.2019
3 695

Sergelida «Matiz» urib ketgan 5 yoshli bolaning ahvoli yaxshi, ota-onasi topildi

Sergelida «Matiz» urib ketgan 5 yoshli bolaning ahvoli yaxshi, ota-onasi topildi
Foto: IIBB matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda 5 yoshli bolani «Matiz» mashinasi urib ketgani va bolaning ota-onasi bundan bexabarligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. IIBB matbuot xizmati ushbu xabar yuzasidan bayonot berdi.

Xabarda aytilishicha, YTH kecha, taxminan soat 19:20da, Sergeli tumanidagi Mirzo Tursunzoda ko‘chasida ro‘y bergan. Besh yoshli R. S. yugurib ko‘chani kesib o‘tayotgan vaqtda 26 yoshli haydovchi Bahrom X. «Matiz» avtomobilida uni urib yuborgan. Haydovchi darhol bolani kasalxonaga yetkazib borgan. U hech qanday og‘ir jarohat olmagan.

R. S.ning ota-onasi jamoatchilik yordamida topildi va ayni vaqtda bola bilan birga. IIBB matbuot xizmati ushbu hodisani yoritishda va bolaning ota-onasini topishda ishtirok etgan blogerlar va boshqa hamyurtlarimizga minnatdorchilik bildiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida «Matiz» urib ketgan 5 yoshli bolaning ahvoli yaxshi, ota-onasi topildi