12:08 / 10.07.2019
3 539

1 sentyabrdan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladi

1 sentyabrdan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari, ularning egalariga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishini nazarda tutadigan tartib joriy qilinadi.

Belgilab qo‘yilishicha:

mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmagan va o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy shaxslar mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar hisoblanadi;

o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat guvohnomasi mehnat organlari tomonidan ularning doimiy yashash joyidan qat’i nazar (eksterritoriallik prinsipi bo‘yicha) pulli asosida beriladi, ushbu to‘lovlarni undirishdan tushgan tushumlarning bir qismi o‘zini o‘zi band qilganlarning pensiya sug‘urtasini ta’minlashga maqsadli yo‘naltiriladi;

vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilgan sanadan boshlab va ular amal qilishining butun davri pensiyani hisoblab chiqarish uchun fuqarolarning mehnat stajiga hisoblanadi;

tashkilotlar tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan maqomiga ega bo‘lgan fuqarolarni shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyatga jalb qilishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolar mehnatiga haq to‘lash yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqish ob’ekti hisoblanmaydi;

vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilganligi uchun to‘lov undirishdan tushgan mablag‘larning 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga - o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash hisobiga, 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga va 20 foizi tumanlar (shaharlar) byudjetlariga yo‘naltiriladi;

vaqtinchalik mehnat guvohnomasi amal qiladigan davrda o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ishsizga to‘lanadigan ishsizlik bo‘yicha nafaqani va kasbga o‘qish davrida stipendiyani ololmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 sentyabrdan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladi