12:46 / 11.07.2019
2 834

«Xufiyona iqtisodiyot»dan xabar bergan «xolis xaridor»lar rag‘batlantiriladi

«Xufiyona iqtisodiyot»dan xabar bergan «xolis xaridor»lar rag‘batlantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Prezidentning mazkur qarorida «Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ma’qullangan. Chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari, ijro muddati va mas’ullar belgilangan.

«Yo‘l xaritasi»ning to‘rtinchi bobida — Davlat soliq xizmati organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari sanab o‘tilgan:

· Soliq ma’muriyatchiligi xarajatlarini kamaytirish va soliq nazorati sifatini oshirish, shuningdek, uni avtomatlashtirish maqsadida soliq organlari tizimiga zamonaviy biznes-tahlillar modellarini (Business Intellegence) joriy etish.

· Soliq to‘lovchilarga aniq vaqt rejimida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini, shu jumladan, eksterritorial prinsip asosida ko‘rsatiladigan xizmatlarni kengaytirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalarni soliq ma’muriyatchiligiga bosqichma-bosqich joriy etish, soliq organlarining axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish.

· Soliq organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligi (KPI) ko‘rsatkichlaridan (ko‘rsatilgan xizmatlarning soni va sifati, xizmat ko‘rsatish tezligi, xodimning xushmuomalaligi va bilimidan) kelib chiqib, ularni moddiy rag‘batlantirish, xizmatda lavozimini oshirish, mukofotlash, intizomiy choralar qo‘llash tizimini joriy etish.

· «Xolis xaridor» tizimini keng joriy qilish, «xufiyona iqtisodiyot» bo‘yicha «ishonch telefonlari»ni tashkil qilish va mazkur sohada tasdiqlangan xabarni bergan shaxslarni hamda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash «sxema»larini va xufiyona faoliyatlarni aniqlaganlik uchun soliq organlari xodimlarini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.

· Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari, xalqaro soliqqa tortish, transfer narxlarni belgilash, tavakkalchiliklarni tahlil qilish, biznes-tahlil texnologiyalari (Business Intellegence) va soliq ma’murchiligida ilg‘or axborot texnologiyalarini (Big Data) qo‘llash asosida soliq organlarining xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

· Soliq organlariga ishga qabul qilishda (vakant lavozimlarni egallash) tanlov tizimini, shu jumladan, nomzodlarning elektron shaklda murojaat etish imkoniyatini nazarda tutgan holda joriy etish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Xufiyona iqtisodiyot»dan xabar bergan «xolis xaridor»lar rag‘batlantiriladi