Ichki ishlar vazirligi Kun.uz saytida yoritilgan “Surxondaryoda profilaktika inspektori va unga yordamchi posbon yuk mashina haydovchisini kaltaklashdi” sarlavhali maqola yuzasidan o‘z munosabatini e’lon qildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu ma’lumot Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, 2019 yilning 25 iyun kuni Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasidan tuman IIBga kelib tushgan xabarnomaga ko‘ra, joriy yilning 24 iyun kuni soat 23.20larda Sariosiyo tumani “Marjona” mahallasida yashovchi “To’palang MG Holding” mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli “MAN” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi Abdusalom Nurovni “Chilonzor” mahallasi profilaktika inspektori Quvondiq Eshmirzayev urib tan jarohati yetkazilganligi bildirilgan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Sariosiyo tumani IIB Navbatchilik qismida qayd etilgan.
Haydovchi Abdusalom Nurov va profilaktika inspektori Quvondiq Eshmirzayevlarning ko‘rsatmalarida qarama-qarshiliklar hamda amaldagi qonunchilikka asosan ichki ishlar organlari xodimlari bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari prokuratura organlari tomonidan ko‘rib chiqilishini inobatga olib, barcha materiallar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun Sariosiyo tumani prokuraturasiga yuborilgan, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi