Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati
Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Aydarko‘lning Navoiy viloyati hududida ruxsat etilmagan qayiqlarda baliq ovlash bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarga nisbatan reyd o‘tkazildi. Bu haqda Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Aydarko‘l tabiiy suv havzasi Jizzax hamda Navoiy viloyatlari hududlarida joylashgan bo‘lib, shundan 205 ming gektari Jizzax viloyati hududida, 151 ming gektar Navoiy viloyati, Nurota tumani hududida joylashgan.
Uning atrofidagi Nurota tumanining Poyga va Chuqurquduq qishlog‘ida yashovchi aholi asosan baliqchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Shu munosabat bilan reyd xavfsiz suzish, odamlarning hayoti va xavfsizligi, inson sog‘lig‘ini saqlash hamda baxtsiz hodisalar va tabiiy atrof-muhit ifloslanishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan.
Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati
Ushbu tadbir davomida 53 nafar fuqarolarning qayiqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib ro‘yxatga olindi. Foydalanish talablariga javob bermaydigan yaroqsiz 4 ta qayiqqa foydalanish bo‘yicha taqiq qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi