23:55 / 11.07.2019
3 487

Poytaxt bozorlaridagi kameralar birinchi kunda 782 nafar qoidabuzarni «qo‘lga tushirdi»

Poytaxt bozorlaridagi kameralar birinchi kunda 782 nafar qoidabuzarni «qo‘lga tushirdi»
«Toshkent savdo markazi», «Bek Topi», «Chilonzor buyum bozori» va «O‘rikzor» bozorlari yaqinida Toshkent avtomobil halqa yo‘liga o‘rnatilgan avtomatlashtirilgan kameralar birinchi ish kunida haydovchilar «To‘xtash» va «To‘xtab turish» yo‘l belgilarini mensimagan 782 ta holatni qayd etdi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

3.27 belgisi ostida avtomobilni to‘xtatish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128−6-moddasiga muvofiq EKIHning 3 baravarigacha (608 190 so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘lishi mumkin. IIBB matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt bozorlari — to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilishi nuqtai nazaridan eng o‘tkir muammolardan biri hisoblanadi.

Kameralar 10 iyuldan ishga tushdi. Ular 360 darajaga o‘girila oladi. Avtomobil mumkin bo‘lmagan joyda to‘xtagach, videokamera avtomat tarzda (inson aralashuvisiz) vaqtni va «qoidabuzar» avtomobilning davlat raqamini qayd etadi. Ma’lumotlar onlayn-tarzda bazaga yo‘naltiriladi, u yerda esa AutoCon-SC/M dasturiy ta’minot jarima solish bo‘yicha qarorni shakllantirib, uni «O‘zbekiston pochtasi"ga qoidabuzarga jo‘natish uchun yo‘llaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poytaxt bozorlaridagi kameralar birinchi kunda 782 nafar qoidabuzarni «qo‘lga tushirdi»