15:15 / 12.07.2019
3 278

Toshkentdagi qurilish maydonchasida avtokran haydovchisi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi

Toshkentdagi qurilish maydonchasida avtokran haydovchisi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi
2019 yil 12 iyul kuni soat 11:49da, Sergeli tumani, 8-sonli qurilish uchastkasida avtokran yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda, deb yozadi Kun nashri.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 12:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 12:34 o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in avtokran o‘qini (strela) yuqori kuchlanishdagi elektr simlarga tegishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin etilmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Elektr jarohati oqibatida avtokran haydovchisi vafot etgan.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ekt rahbar hamda xodimlari, shuningdek fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi qurilish maydonchasida avtokran haydovchisi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi