11:27 / 13.07.2019
2 968

Bulung‘urdagi bank xodimlari «qora bozor» narxida valyuta almashtirayotganida qo‘lga tushdi

Bulung‘urdagi bank xodimlari «qora bozor» narxida valyuta almashtirayotganida qo‘lga tushdi
Foto: ZarNews
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan «Agrobank»ATB filiali xodimlari bankda «qora bozor» bahosida valyuta almashtirishga uringan vaqtida qo‘lga olindi, deb xabar beradi ZarNews.

Ulug‘bek Achilov Bulung‘ur tumanidagi ob’ektlarni qo‘riqlash bo‘yicha 1-alohida otryadi 1-guruh safdor xodimi vazifasida ishlab kelgan. «Agrobank» ATB Bulung‘ur filiali binosini qo‘riqlash unga topshirilgan. U o‘z vazifasidan foydalanib, «Agrobank» ATB Bulung‘ur filiali valyuta ayirboshlash shoxobchasi nazoratchi kassiri Ozoda Suyunova bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. Ular 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan davlat bahosi 8420 so‘m ekanligini bilgani holda, fuqaro D.Mirzaqulovaning ishonchiga kirib, unga 1 AQSh dollarini «qora bozor» bahosida, ya’ni 8540 so‘mdan ayirboshlab berishini aytgan.

Ayol rozi bo‘lgach, Ulug‘bek Achilov undan 51 240 000 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, O.Suyunovaga bergan va qiymati 50 748 900 ming so‘m bo‘lgan 6000 AQSh dollari miqdoridagi valyuta qimmatliklariga ayirboshlagan. Ulug‘bek 6000 AQSh dollarini D.Mirzaqulovaga berayotgan vaqtida, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Bulung‘ur tuman bo‘limi va Davlat xavfsizligi xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Sud Ulug‘bek Achilovga 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi. Shuningdek, u 3 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni davlat ishtirokidagi tashkilot, muassasa, korxonalarda moddiy va mansabdorlik lavozimlarida hamda ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum etildi.

Ozoda Suyunova esa 2 yil-u 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi hamda 2 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni davlat ishtirokidagi tashkilot, muassasa, korxonalarda moddiy va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bulung‘urdagi bank xodimlari «qora bozor» narxida valyuta almashtirayotganida qo‘lga tushdi