Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
12 iyul kuni soat 16:20da Toshkent shahar YoXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani “Jo‘rabek” mahallasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 13-uy oldida harakatlanib ketayotgan, “DAEWOO” rusumli “MAXSUS TRANS” avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, ko‘rsatilgan manzilga yuborilgan 1 ta yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmasi soat 16:22 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:26 da bartaraf etilgan.
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida Olmazor tumani obodonlashtirish bosh boshqarmasiga qarashli “MAXSUS TRANS” avtomobili kabinasi va kuzovi oralig‘ida joylashgan yo‘l qoplamasini tozalash agregatining motor qismi yonib zararlangan.
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Yong‘in elektr simlaridagi qisqa tutashuvdan sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi