12:50 / 16.07.2019
3 451

“Lacetti” xatlangach, soliq qarzdorligi undirildi

“Lacetti” xatlangach, soliq qarzdorligi undirildi
Majburiy ijro byurosi Pastdarg‘om tuman bo‘limi ijro ish yurituvida sudning qarzdor “Rasul Turum Kultonsoy paxtasi” fermer xo‘jaligidan undiruvchi Pastdarg‘om tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 40 mln. 198 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjat mavjud edi.
Ijro harakatlari davomida qarzdor “Rasul Turum Kultonsoy paxtasi” fermer xo‘jaligining bank hisob-raqamlarining chiqim qismiga band solingan.
Qarzdor “Rasul Turum Kultonsoy paxtasi” fermer xujaligiga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.
Shuningdek, mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochining dalolatnomasiga asosan qarzdorga tegishli bo‘lgan,bir dona “LACETTI” rusumli avtotransport vositasi xatlanib olib chiqilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Rasul Turum Kultonsoy paxtasi” fermer xo‘jaligidan undiruvchi Pastdarg‘om tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 40 mln. 198 ming so‘m soliq qarzdorligi undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Lacetti” xatlangach, soliq qarzdorligi undirildi