13:03 / 16.07.2019
3 427

Ichimlik suvi tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanish 1 milliardga yaqin zarar yetkazdi

Ichimlik suvi tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanish 1 milliardga yaqin zarar yetkazdi
Majburiy ijro byurosi Zangiota tuman bo‘limi xodimlari va “Suvoqova” DUK Zangiota filiali bilan hamkorlikda, tuman hududida ichimlik suvi tarmog‘iga ulanish va foydalanish qoidalariga rioya qilish yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazilgan.

Natijada, ta’minotchi korxonaga tegishli podstansiyada faoliyat olib boruvchi shaxslar ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanib, podstansiyaga hisoblagichsiz ichimlik suvi krani o‘rnatib, foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Aniqlanishicha, podstansiya ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulangani holati yuzasidan Toshkent viloyat “Suvoqova” DUK markaziy abonent xizmati tomonidan qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, DUK ka jami 968.649.920 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan MIB Zangiota tuman bo‘limi tomonidan “Zangiota tuman elektr tarmoqlari korxonasi” ishchi-xizmatchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichimlik suvi tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanish 1 milliardga yaqin zarar yetkazdi