2 448
Yirik bozorlar yonidagi kameralar 5 kunda yarim milliard so‘mdan ko‘proq jarima qayd etdi
Bugun, 16 iyul kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi multimedia markazida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ma’lum qilinishicha, poytaxt xududidagi yirik bozor va savdo majmualari atrofida yo‘l-transport hodisalari hamda tirbandliklarning oldini olish bo‘yicha, Xitoy Xalq Respublikasining «Xikvijn» kompaniyasi tomonidan transport vositalarini to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklarini qayd etish funksiyasiga ega 4 dona aylanma kuzatuv videokameralari «Toshkent savdo markazi», «Chilonzor buyum bozori» va «Karvon» bozorlariga o‘rnatilib, joriy yilning 1-9 iyul kunlari test tariqasida sinovdan o‘tkazilgan va bu vaqt ichida 8240ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Joriy yilning 10 iyul kunidan boshlab aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha chiqarilgan elektron qarorlarni manzillariga yetkazish uchun KAAT tizimi orqali O‘zbekiston pochtasiga elektron tartibda yuborilishi yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 10 iyul kunidan bugungi kunga qadar jami 864ta qoidabuzarlik aniqlanib, 525 mln 312 ming so‘m jarima belgilangan.
Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining «shu kunga qadar oynalar qoraytirish bo‘yicha nechta qoidabuzarlik aniqlandi va ularning barchasidan jarimalar undirmoqdami?» degan savoliga javoban Toshkent shahar IIBB YHXX boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Aziz Sadirov javob berdi.
«Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida oynalarni ruxsatsiz qoraytirish bo‘yicha 1217 holat aniqlangan va barchasiga chora ko‘rilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda jarima maydonchalarida turgan avtomobillarning ko‘pchiligi aynan mana shu qoidabuzarlik bilan olib kirilgani va jarimalar to‘lanmayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar asossiz. Barcha holatlar bo‘yicha jarimalar undirilishi yuzasidan choralar ko‘rilmoqda, jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda», degan u.
Eslatib o‘tamiz, bozor yoqasidagi yo‘lga «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi talabiga bo‘ysunmagan haydovchilarga avtomatik ravishda jarima yozadigan kamera o‘rnatilib, 10 iyuldan ishga tushgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi