17:45 / 17.07.2019
3 685

«Bochka»ga eltuvchi yo‘lda 1436 nafar haydovchi fotoradarga tushdi

«Bochka»ga eltuvchi yo‘lda 1436 nafar haydovchi fotoradarga tushdi
Foto: Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati
Havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida ko‘pgina fuqarolarimiz dam olish kunlarini Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan dam olish maskanlarida o‘tkazishmoqda.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4R12 «Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘» avtomobil yo‘lida avtomobil oqimi keskin ko‘paygan. Ushbu avtomobil yo‘lida yo‘l transport hodisalarini oldini olish va avtomobillarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda ishlatilib kelinmoqda. O‘tgan dam olish kunlarida ushbu fotoradarlar orqali 1436ta tezlikni me’yoridan oshirish holatlari aniqlandi.

Qoidabuzarliklarni sodir etgan fuqarolarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda aholi yashash joylarida tezlikni 110 km/soatdan oshirgan 84 nafar fuqaroga EKIH ning 9 barobarida, 90 km/soatdan oshirgan 430 nafar fuqaroga EKIH ning 5 barobarida, 70 km/soatdan oshirgan 922 nafar fuqaroga EKIH ning 1 barobarida jarimalar belgilanib, belgilangan jarimalar to‘g‘risidagi qarorlar «O‘zbekiston pochtasi»ning ma’lumotlarni qayta ishlash markazi orqali qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsning manziliga yetkazilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu 1436 qoidabuzar haydovchining 945 nafari Toshkent shahrida, 387 nafari Toshkent viloyatida, 104 nafari respublikamizning boshqa viloyatlarida istiqomat qilishlari aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bochka»ga eltuvchi yo‘lda 1436 nafar haydovchi fotoradarga tushdi