16:50 / 19.07.2019
3 531

O‘zbekistonda hokimlarning turar joylar bo‘yicha vakolatlaridan biri bekor qilinadi

O‘zbekistonda hokimlarning turar joylar bo‘yicha vakolatlaridan biri bekor qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan Uy-joy kodeksi 15-moddasidagi (Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish) “hokimlarining qaroriga” degan so‘zlar “qurilish bo‘limlarining ruxsatnomasiga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

15-moddaning amaldagi tahririga ko‘ra, yashash uchun yaroqli bo‘lgan turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
- hukumat qarorlarini ushbu qonunga muvofiqlashtiradi;
- davlat boshqaruvi organlari ushbu qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi;
- ushbu qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda hokimlarning turar joylar bo‘yicha vakolatlaridan biri bekor qilinadi