15:57 / 20.07.2019
4 108

Otabek Umarov: «Tonirovka» mavzusi O‘zbekiston sharoitida o‘rinli ko‘tarilgan

Otabek Umarov: «Tonirovka» mavzusi O‘zbekiston sharoitida o‘rinli ko‘tarilgan
Foto: Instagram / Otabek Umarov
Prezident xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Otabek Umarov O‘zbekistonda shu kunlarning bahsli mavzusi — «tonirovka» masalasiga munosabatini bildirdi.

«Instagram’dagi sahifam orqali bahsli mavzu — ‘tonirovka’ borasida juda ko‘p murojaat kelib tushmoqda. Shu sababli va bu aktual mavzuning qisman xavfsizlik masalasi bilan bog‘liqligi uchun o‘z fikrimni bildirishga qaror qildim. Fikrimcha, ‘tonirovka’ mavzusi O‘zbekiston sharoitida dolzarb va o‘rinli ko‘tarilgan. Chunki yurtimizda iqlim sharoiti yoz oylari, ayniqsa, chilla payti juda og‘ir bo‘ladi.

Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatchilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdik. Hozirda ‘tonirovka’ mavzusi boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, shuni alohida aytmoqchimanki, bizda ushbu yo‘nalishda hamma zarur choralar ishlab chiqilgan va ijrosi ta’minlangan. Avtoulov ‘tonirovka’si xavfsizlik masalalarini hal qilishda va ta’minlashda bizga to‘siq bo‘lolmaydi», — deya fikr bildirgan Otabek Umarov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Otabek Umarov: «Tonirovka» mavzusi O‘zbekiston sharoitida o‘rinli ko‘tarilgan