07:30 / 21.07.2019
2 917

«Algoritm» zavodining orqasida joylashgan elektr podstansiya nima sababdan yondi?

«Algoritm» zavodining orqasida joylashgan elektr podstansiya nima sababdan yondi?
Foto: FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi
Kecha «Algoritm» zavodining orqasida joylashgan elektr podstansiyada yong‘in kelib chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi FVV OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi yong‘in sabablari haqida xabar berib o‘tdi.

«2019 yilning 20 iyul kuni soat 18:02da, Chilonzor tumani, Diydor ko‘chasi 71-uyda, «Algoritm» zavodining orqa tomonida joylashgan (110/10 kV) «Algoritm» elektr podstansiyasi xududida yong‘in kelib chiqdi (16000 kVt). Yong‘in natijasida transformator moyi yongan.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 18:04da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 18:32da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in elektr ta’minotida ortiqcha yuklanish oqibatida sodir bo‘lgan deb, taxmin qilinmoqda.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Algoritm» zavodining orqasida joylashgan elektr podstansiya nima sababdan yondi?