16:41 / 21.07.2019
5 115

Namangan shahridagi «Chorsu» bozorida yong‘in kelib chiqdi (video)

Namangan shahridagi «Chorsu» bozorida yong‘in kelib chiqdi (video)
Namangan shahridagi «Chorsu» bozorida yong‘in kelib chiqdi deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Bugun, 21 iyul kuni soat 01:38 larda Uychi ko‘chasida joylashgan «Chorsu» dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida dehqon bozorida yonma-yon joylashgan dorixona, sartaroshxona va parfyumeriya mahsulotlari savdo do‘konlarining 200 kv.m. maydoni hamda non rastasining 600 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Yong‘in elektr simlarini qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan shahridagi «Chorsu» bozorida yong‘in kelib chiqdi (video)